Bu yil test topshiriladigan fanlar rasman tasdiqlandi
Oliy ta’lim
11 / 03 / 2021
Bu yilgi imtihonlarda uchta majburiy fan blokidan imtihon olinishi aniq bo‘ldi: ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixida jami 45ta savol bo‘lib, ularning har biriga 2,1 balldan beriladi, deb xabar qildi DTM.
Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlarga 3,1 balldan beriladi. Bu blokda 2tadan fan bor. Masalan, yurisprudensiya yo‘nalishida imtihon tarix va chet tili hamda 3ta majburiy fandan bo‘ladi.
Shunda maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi.