Chirchiq Davlat pedagogika instituti kafedra mudiri o‘qishga kiritish evaziga 2 000 dollar olgan vaqtda ushlandi
Oliy ta’lim
26 / 03 / 2021
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIBBning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq Davlat pedagogika instituti kafedra mudiri A.N. fuqaro U.ni ushbu institutning Jismoniy tarbiya fakulteti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.