Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-apreldagi Qaroriga binoan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati strukturasiga o‘zgartirish kiritilib, vazirlik hamda quyi tuzilmalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini kuchaytirish maqsadida Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etildi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021- yil 5-maydagi buyrug‘i bilan Hamzaxo‘ja Tursunxo‘jayevich А bdurahmonov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Hamzaxo‘ja А bdurahmonov 1975-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1997-yilda Farg‘ona davlat universitetini, 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini va 2013-yilda Ispaniya davlatining Santyago-de-Kompostela universitetini tamomlagan.
Iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Ma’lumot uchun, Kompla y ens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Vazirlik faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi me’yoriy huquqiy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish, korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida profilaktik tarzda xabar berish uchun mas’uldir.