Xalq ta’limi vazirligi tizimiga 2019-yilda ajratilgan mablag‘lar
2019-yilda xalq ta’limi tizimiga davlat byudjetidan jami 18,1 trln. so‘m (2018-yilga nisbatan 53,3%ga ko‘p, 11,8 trln. so‘m) ajratilgan bo‘lib, jami davlat byudjeti xarajatlarining 15,2 foizini (2018-yilda 17,1 foiz) tashkil etadi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma'lum qildi.
Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 13,6 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 42,6 foizga ko‘p), yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 3,4 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 48,0 foizga ko‘p), boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,1 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 16,0 foizga ko‘p) ajratilgan.
Shuningdek, joriy yilda xalq ta’limi tizimiga 11 oy mobaynida jami 17,2 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 16,8 trln. so‘mni (97,7 foiz) tashkil etgan.
Ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 13,0 trln. so‘m ajratilgan, ijrosi 12,5 trln. so‘m, ya’ni 96,2 foizga bajarilgan.
Yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 3,2 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 3,0 trln. so‘m, 93,8 foizga bajarilgan.
Boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,1 trln. so‘m ajratilgan bo‘lib, ijrosi 1,0 trln. so‘mga yoki 93,1 foizga bajarilgan.