Qashqadaryoda xalq ta'limi mas'ullariga xizmat avtomashinalari topshirildi
Rasmiy
4 / 11 / 2020
Joyir yilning 27-oktabr kuni viloyat hokimligi majlislar zalida "Mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident farmoni loyihasi muhokamasiga bag'ishlab o'tkazilgan navbatdagi sessiyada Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi Zoyir Mirzayev Xalq ta'limi mudirlariga xizmat avtomashinalari ajratishni va'da qilgan edi.
Bugun ushbu ushbu soha vakillariga avtomashinalarni tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'iga "Jentra", tuman va shahar xalq ta'limi bo'limi mudirlariga "Neksiya 3" avtomashinalari topshirildi.