O‘qituvchi nimani o‘ylaydi?
Endi UPK (o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi)ga o‘quvchilar ishtirokini ta’minlash mas’uliyati ham sinf rahbariga yuklanmoqda. U kun bo‘yi o‘sha joyda o‘tirib, bolalarning keldi-ketdisiga javobgarlikni ham bo‘yniga olsa, unda UPK o‘qituvchilari nima qiladi?!
* * *
O‘quvchilar UPKga borishni xohlamaydi. Chunki u yerda deyarli hech nima o‘rgatilmayapti. Davomatni talab qilayotganlar ham bir soat shu o‘quvchilar bilan darsda o‘tirib ko‘rsalar yaxshi bo‘lardi...
* * *
“Baxtli maktab” loyihasiga ko‘ra, psixolog bitta sinfda 7 haftagacha mashg‘ulot olib borar ekan. Qiziq, u qolgan sinflar bilan qachon shug‘ullanadi?
* * *
Birorta inson jarrohga operatsiya vaqtida maslahat yoki ko‘rsatma bermaydi; haydovchining yonida o‘tirgan yo‘lovchi unga xalal berishga botina olmaydi; podachiga mol boqishda, novvoyga non yopishda... maslahat bera olmagan odam o‘qituvchi faoliyatiga burun suqishi, aql o‘rgatishi qiziq! O‘z farzandiga eplab tarbiya bera olmaydigan bunday ota-onalarning pedagog faoliyatiga aralashuvini cheklovchi qonun zarur.
* * *
Maktab o‘quvchilarining yagona maktab formasi joriy etildi. Endi o‘qituvchilar uchun ham forma yaratish kerak. Bu o‘qituvchilarga yanada mas’uliyat yuklaydi.