Joriy yilda reytingda qatnashadigan maktablar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538 sonli farmoni bilan Davlat inspeksiyasiga umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholovchi mezonlar (reyting indikatorlari)ni tasdiqlash, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta’lim muassasalari reytingini tuzish, reyting yakunlarini ommaviy axborot vositalarida, Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay e’lon qilish vazifasi yuklatilgan.
Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan 2019-yil 30-yanvar kuni Davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining videoselektr yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda joriy yilda reyting jarayoniga jalb qilinadigan umumta’lim muassasalarini tanlab olish, reytingga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, nazorat ishlari o‘tkaziladigan fanlar va nazorat turlari belgilab olindi.
Yig‘ilish qaroriga ko‘ra, joriy yilda quyidagi 3 ta ko‘rsatkichlar (indikatorlar) bo‘yicha maktablar reytingi tuziladi:
2-ko‘rsatkich: “9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi ko‘rsatkichi”;
3-ko‘rsatkich: “Oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi”;
4-ko‘rsatkich: “Ijtimoiy so‘rov natijalari”.
Keyingi o`quv yilidan boshlab 1-ko`rsatkich (11-sinf bitiruvchilarining ta`lim tayyorgarlik darajasi va sifat ko`rsatkichi)dan ham maktablar reytingida foydalaniladi.
Reyting jarayonida 9-sinf o‘quvchilari ona tili fanidan diktant (125-140 ta so‘z) va matematika fanidan 1 ta masala va 4 misoldan iborat nazorat ishi topshiradilar.
Quyida tuman va shaharlar kesimida umumta’lim muassasalar ro‘yxati bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Reytingda qatnashadigan maktablar ro`yxati: http://www.tdi.uz/uploads/files/2019/fevral/School%20list%20(Rating%202019).pdf
Maktablar reytingi jarayoni haqida ma`lumot: http://www.tdi.uz/uploads/files/2019/fevral/Maktablar%20reytingi.pdf