O‘qituvchi chet elda malaka oshirmoqchi bo‘lsa, qayerga murojaat qilishi kerak?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 4-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4091-sonli qarori bilan tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan tegishli vazirlik va idoralar tavsiyasi asosida, o‘rnatilgan tartibda tanlovlardan o‘tgan umumta’lim maktablari pedagoglari chet el oliy o‘quv yurtlaridagi malaka oshirish kurslariga borishi mumkin.
Savolga Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati yordamida vazirlik mutaxassislaridan javob olindi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.