Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi 238-maktabga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi umumta’lim maktabini borib ko‘rdi.
Birlik mahallasida joylashgan 238-maktabda ikki mingdan ziyod o‘quvchi ta’lim oladi. 1969-yilda qurilgan bino eskirgan. Maktab sig‘imiga nisbatan o‘quvchilar soni juda ko‘pligi sababli darslar ikki smenada yo‘lga qo‘yilgan. 2018-yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq 240 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilgan. Lekin poytaxtimizda eski, sig‘imi kichkina maktablar hali ko‘p.
Shu yerda Toshkent shahrida yangi maktablar qurish va mavjudlarini kengaytirishga oid rejalar muhokama qilindi.
Prezidentimiz maktablar sig‘imini oshirish uchun ularni to‘rt qavatli qilib qurish, shu bilan birga bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi. O‘qituvchilarga qo‘shimcha sharoit yaratish orqali o‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi