Umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi
Umumiy o‘rta ta’lim
20 / 08 / 2019
O‘zbekistondagi umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yili 2019-yilning 4-sentabridan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-noyabrdagi “2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentabrgacha dam olish kunlari deb belgilangan.
Shu munosabat bilan, umumta'lim maktablarida yangi 2019-2020-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi.