O‘rindosh o‘qituvchiga ta’til puli beriladimi?
O‘qituvchi ikkita maktabda o‘rindoshlik asosida dars bersa, har ikki maktabdan ham mehnat ta’tili pulini olishi mumkinmi? Bu haqda “Darakchi” gazetasining 2018-yil 38-sonida Xalq ta’limi vazirligining moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi mutaxassisi Ahmad Boltayev shunday javob bergan: “Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga soatbay haq to‘lashning amaldagi miqdorlari Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 18-yanvarda 2965-son bilan ro‘yxatga olingan qaror asosida belgilanadi hamda uning tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilgan.”
Ahmad IBRAGIMOV, Nurobod tumani
O‘rindosh bo‘lib ishlaydigan pedagogga soatbay haq to‘lanadi. Soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi ham kiritilgan.
Javob Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.