Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi nima o‘qisin?
O‘quvchilarimga qishki ta’til oldidan biror badiiy kitob o‘qib kelishni tavsiya qilmoqchi bo‘ldim. Xayolimda shunday asarlar bo‘lsinki, bir-birini takrorlamasin, ham ixcham, ham qiziqarli bo‘lsin, degan o‘y kechdi. Biroq qishloqda har kimning sharoiti har xilligi yodimga tushdi. Bolasiga kitob olib berishdan ko‘ra uning qornini to‘q tutishni ko‘proq o‘ylaydigan, buni bazo‘r uddalayotgan oilalar bor. Qani, imkonim bo‘lsa-yu, ularning har biriga o‘zi yoqtirgan kitoblarni ulashib chiqsam. Boshlang‘ich sinflar uchun mo‘jallangan asarlardan iborat mo‘jaz bayozlar nashr etilsa, “O‘qish” kitoblariga ilova tarzida maktablarga tarqatilsa, o‘quvchilarning imkoni yetgani sotib olsa, imkoni yetmagani kutubxonalarda ulardan beminnat foydalansa, qanday yaxshi ish bo‘lardi!
Nargiza XOLIYOROVA, Qarshi tumanidagi 25-maktab o‘qituvchisi