“Zamonaviy maktabda ta’limni davom ettiramiz”
Davlatimiz rahbarining “Zamonaviy maktablarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori o‘quvchilarga zamon talablariga mos ta’lim dargohida bilim olish imkoniyatini yaratdi. Bu qarorda sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, ta’limdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilishi belgilangan.
Bizning maktabimizda ham shunday ishlarning amalga oshirilishi ushbu qarorning amalda bajarilayotganligidan dalolat beradi. Ana shunday sharoitda ishlash, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish bizni ham albatta quvontiradi. O‘z ustimizda ishlashga, yoshlarga sifatli va puxta bilim berishga undaydi. Bugungi biz tarbiyalayotgan yoshlar albatta dunyo yoshlari bilan har jihatdan tenglasha oladigan, dono, bilimli bo‘lishlari kerak. 2020-yildan ta’limni zamonaviy maktabda davom ettiramiz.
Dilora JO‘RAYEVA, Yashnobod tumanidagi 255-maktab direktori