Variativ o‘quv jarayoni muhokama qilindi
Umumiy o‘rta ta’lim
25 / 01 / 2020
Shayxontohur tumanigi 324-umumta’lim maktabida Variativ o‘quv jarayonlarini tashkil etish yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xalq ta’limi vazirligining O‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlashni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Ermatov va boshqa mutaxassislar tashkiliy va amaliy jarayonda duch kelinayotgan muammolar va takliflar yuzasidan muhokama olib bordilar.
Toshkent shahridagi bir qator maktablarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari jarayonni to‘g‘ri tashkil etish borasida mutaxassislardan aniq va kerakli ko‘rsatmalarni olishdi.
Baxtiniso Po‘latova, Shayxontohur tumanidagi 324-maktab direktori