Murakkablik va mahorat
Fanlarni chuqur o‘qitish uchun pedagoglar qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishadi. Darslikdagi ayrim mavzular va qo‘shimcha adabiyotlardagi izohlar o‘rtasidagi farq, ba’zida xatoliklar uchrashi sir emas.
Matematika darsliklaridagi murakkab tuyulgan mavzularni o‘yin-usullar yordamida oson o‘rgatishga erishish bizdan mahorat talab qiladi. Misol uchun, bolalarga matematika fanidagi mavzularni o‘qitishda o‘yinlardan foydalanamiz. Avvalo, o‘qituvchi stolida ko‘pgina rangli qog‘ozchalar turadi. Ushbu o‘yinda sinf bolalar soniga qarab guruhlarga ajratiladi. Ularga savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Qaysi guruh o‘quvchilari savolga javob topishsa, bitta savolni olib, o‘z guruhining qatoridagi stolga qo‘yib qo‘yadi. Bu o‘yindan boshqa fanlarda ham foydalansa bo‘ladi. O‘quvchilarning topqirligi, zukkoligini oshiruvchi ushbu o‘yinda eng ko‘p rag‘bat kartochkasi to‘plagan guruh g‘olib bo‘ladi.
Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarga dars o‘tayotganda darsliklardan tashqari, qo‘shimcha metodik qo‘llanmadan foydalanish lozim. Shunda o‘qituvchining metodik ko‘magi, tajribasi o‘quvchi uchun qo‘l keladi.
Zilolaxon ERGASHEVA, Quva tumanidagi 5-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi