Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markaziga yangi direktor o‘rinbosari tayinlandi
Shuhrat Sattorov Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari lavozimida o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar beradi vazirlik axborot xizmati.
Shuhrat Sattorov 2004-2008-yillarda O‘zbekiston jahon tillari universitetining “Xalqaro jurnalistika”, 2008-2009-yillarda Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning “Ommaviy aloqalar va jurnalistika” fakultetlarida tahsil olgan.
2018-2020-yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida “Davlat, biznes va tadbirkorlik” fakultetida magistratura yo‘nalishini tamomlagan.
Sh.Sattorov yurtdoshlarimiz orasida dolzarb mavzulardagi maqolalari, adabiy-badiiy tarjimalari, “Biz g‘alaba qozonamiz” kitobi bilan yaxshi tanilgan.
Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari lavozimida Shuhrat Sattorov darslik, ularning mul’timedia ilovalari va o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va chop etishni muvofiqlashtiradi.