“Kartografiya” ilmiy ishlab-chiqarish davlat korxonasi tomonidan maktabga o‘quv jihozlari topshirdi
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tasarrufidagi “Kartografiya” ilmiy ishlab-chiqarish davlat korxonasi tomonidan Namangan viloyati Uychi tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti yosh olimlari, maktab pedagogik jamoasi va o‘quvchilar ishtirok etgan tadbirda “Kartografiya” IIChDK tomonidan Dunyoning va O‘zbekiston Respublikasining devoriy va stol mavzuli xaritalari, turistik xaritalar, 4-9 sinf o‘quv atlaslari, 5-11 sinf tarixiy atlas xaritalar, 4-9 sinf yozuvsiz xaritalar, 5-11 sinf yozuvsiz tarixiy atlaslar 300 dan ortiq kartografik mahsulotlar taqdim etildi. Ushbu ta’lim maskani o‘quvchilari bundan keyingi o‘quv jarayonlarida to‘liq kartografik mahsulotlar va o‘quv xaritalari bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Nafisa HAMIDOVA, Uychi tumanidagi 2-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi