Amaliy fanlarning o‘qitilishida o‘qituvchi mahoratining o‘rni
Sergeli tumanidagi 322-maktabda “Amaliy fanlarning o‘qitilishida o‘qituvchi mahoratining o‘rni” mavzusida amaliy fanlar o‘qituvchilarining shahar seminari o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan Toshkent ShXTBB va tuman XTB metodistlari tuman ta’lim muassasalaridagi amaliy fan o‘qituvchilarining ochiq darslarini kuzatdilar.
Tumandagi 7-maktabning Texnologiya fani o‘qituvchisi Mehribon Turmetova “Jun va ipak tolali gazlamalarning olinishi va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar” mavzusida ochiq dars o‘tdi. O‘qituvchi mashg‘ulot davomida “Suhbat”, “Venn diagrammasi” kabi usullardan foydalanib, o‘quvchilarning tabiiy tolalar, ularning xossalari, ulardan tayyorlanadigan matolar haqidagi bilimlarini oshirdi. Darsning tasviriy san’at, geografiya va tarix fanlariga bog‘lab o‘tilgani bolalarning mavzuga qiziqishini oshirdi.
Ochiq dars yakunida fan o‘qituvchilari va metodistlar mashg‘ulotning yutuq va kamchiliklari xususida fikr bildirdilar.
Muxbirimiz