Qozog'istonda maktab bitiruvchilari yakuniy imtihonlardan ozod qilindi
Masofaviy oʻqitish holatida maktab bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasi fanlar boʻyicha yillik baholariga asoslanib qoʻyiladi. QR Fan va taʼlim vazirligi ana shunday qarorga keldi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.
Milliy yagona test sinovlari esa oʻz muddatida oʻtkaziladi.
Vazirlik xabariga koʻra, Qozogʻistondagi favqulodda vaziyat va oʻquvchilarning masofaviy oʻqishga oʻtishlari sababli, Taʼlim va fan vazirligi 9 (10)-sinf oʻquvchilari uchun yakuniy attestatlash imtihonlari va 11 (12)-sinf oʻquvchilari uchun davlat yakuniy attestatlash imtihonlarini oʻtkazmaslikka qaror qildi.
“Biz chuqur tahlil qilgan holda, shunday qarorga keldik. Vazirlik buyruqlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Fan imtihonlari oʻtkazilmaydi. Bu oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishini yakuniy baholashning maksimal darajada adolatli boʻlishini taʼminlaydi”, — deya maʼlum qildi vazirlik matbuot xizmati.