Maktablarda o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi
Umumiy o‘rta ta’lim
21 / 04 / 2020
2019-2020-o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi.
Respublika maxsus komissiyasining Qaroriga ko‘ra:
xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarida 2019/2020-o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi;
o‘qituvchilar va masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xalq ta’limi tizimidagi (ta’lim muassasalari, tashkilotlari, hududiy bo‘linmalar) xodimlar o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda (ish haqi to‘langan holda) davom ettiradilar.