Olmaotada toʻrtinchi choraklik dasturi boʻyicha yozgi maktablar tashkil etilmoqda
Umumiy o‘rta ta’lim
28 / 05 / 2020
Olmaotalik maktab oʻquvchilari endi toʻrtinchi choraklik dasturlari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim olishi mumkin, deb yozadi “Kazinform” axborot agentligi.
“Agar epidemiologik vaziyat yaxshi boʻlsa 15-17-avgust kuni yozgi maktablar ochilishi rejalashtirilmoqda. Bolalar xohishiga qarab yozgi maktablarga qatnashi mumkin”, - dedi Olmaota shahri taʼlim sifatini taʼminlash departamenti rahbari Gulnara Yermekbayeva onlayn-brifinda.
Uning taʼkidlashicha, “Yozgi maktab” dasturi boʻyicha 1-10-sinf oʻquvchilari toʻrtinchi choraklik materiallari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim olishi mumkin.
Olmaotada bu yil koronavirus pandemiyasi xavfi tufayli maktablar qoshidagi va shahar tashqarisidagi bolalar lagerlari ishlamayapti.