Urganch shahrida nemis tiliga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi
Urganch shahridagi ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘rganiladigan 19-son ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi 2020-2021-o‘quv yilida nemis tili faniga chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab sifatida tashkil etildi.
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 701-sonli qaroriga binoan amalga oshirilmoqda.
Maktab 2019-yilda davlat dasturi asosida mukammal ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib, hozirgi kunda 1425 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olib kelmoqda.
Bugungi kunda texnik baza to‘liq shakllangan bo‘lib, 97 nafar malakali o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan 6 nafari oliy toifali hamda birinchi va ikkinchi toifali malakali o‘qituvchi. 2019-2020-o‘quv yilida fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvida maktab o‘quvchilari yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.