BMT dunyo o‘quvchilarini maktabga qaytarishga chaqirmoqda
Umumiy o‘rta ta’lim
6 / 08 / 2020
Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha hukumatlarni o‘quvchilarni maktabga qaytarishga va o‘qishni davom ettirishga chaqirdi, deyiladi "BBC" xabarida.
BMT saytida joylashtirilgan videoxabarda tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish koronavirus ta’limdagi "tanaffus" sayyoramizning barcha avlodlari uchun katta tahdid bo‘lganini qayd etgan.
Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya tufayli 160 mamlakatda 1 milliardga yaqin o‘quvchilar uchun ta’til muddati kelmasidan maktablar yopilgan va 40 millionga yaqin bola maktabgacha ta’lim olish imkonidan mahrum bo‘lgan.