“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovi yakunlandi
O‘zbek tilini rivojlantirish va xalqaro miqyosda nufuzini oshirish, davlat tili sifatida o‘qitilishida ilg‘or pedagogik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, ona tilining o‘qitish metodikasini takomillashtirish maqsadida «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» xalqaro tanlovi e’lon qilingan edi.
Tanlov Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari va «O‘zbekkino» milliy agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Tanlovda «Eng yaxshi badiiy asar» nominatsiyasining nasr yo‘nalishida va nazm yo‘nalishida, «Eng yaxshi publitsistik maqola» nominatsiyasida, o‘zbek tilining xorijdagi eng yaxshi targ‘iboti (o‘zbek millatiga mansub yoki chet el fuqarolari tomonidan yaratilgan xorijda o‘zbek tilini targ‘ib qilishga qaratilgan ilmiy, badiiy, musiqiy asarlar hamda audio, video mahsulotlar)ga qaratilgan yo‘nalishida, «Eng yaxshi ijtimoiy roliklar» nominatsiyasida g‘oliblar aniqlandi.
Quvonarli jihati shundaki, xalqaro tanlovning “Eng yaxshi publitsistik maqola” yo‘nalishida gazetamiz bosh muharriri Husan Karvonli “Tiriko‘rim” maqolasi bilan faxrli II o‘rinni egalladi.
1-o‘rinni egallagan g‘oliblar 22 mlndan, 2-o‘rin 16 mlndan, 3-o‘rin 11 mlndan ko‘proq pul mukofoti bilan taqdirlandilar.