Maktab direktorlariga 8 mln. so‘mlik mukofot
Umumiy o‘rta ta’lim
11 / 11 / 2020
Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jaev ma'lum qilishicha, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlarini mas’uliyatini oshirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Bitiruvchilarining 90% o‘qishga yoki ishga kirgan maktab direktoriga oyligi, direktor fondi qo‘shimchalaridan tashqari bir martalik o‘quv yili uchun 8 000 000 so‘mlik mukofot, o‘rinbosariga 4 000 000 so‘m beriladi.
O‘zining tumanida reytingi eng yuqori bo‘lgan direktorlarga ham ma’lum bir moliyaviy rag‘batlar belgilanmoqda.