Tadbirlar iqtidorlilarni saralashga yordam beradi
Unib o‘sib kelayotgan har bir yosh-avlod oilaviy sharoitidan kelib chiqib psixologik ko‘makka, e’tibor va maslahatga muhtoj bo‘ladi. Shuni inobatga olgan holda biz maktabimizdagi har bir bolani bo‘sh vaqtlarida nima bilan mashg‘ul bo‘lishiga diqqat qaratamiz. Ularning qiziqishi, orzu va intilishlariga ko‘ra sohalarga yo‘naltiramiz. Zarur bilimlarini olish uchun maktamizda tashkil etilgan turli fanlardan maxsus to‘garak va kurslarga yo‘naltiramiz.
O‘quvchilarimizning iqtidor va salohiyati ayniqsa, tadbirlarda namoyon bo‘ladi. Bu gal maktamizning 7-8 sinf o‘quvchilarni ularni O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklushuvchi “Vatanparvar” tashkilotiga sayohat uyushtirildi. U yerda o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga mutaxassis Shoxro‘z Tursunovdan javob oldi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar mashenaning texnik qismlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, tashkilot tomonidan 9-10-11 sinf o‘quvchilari uchun “Kasbim-fahrim” mavzusida tanlov o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar maktabimizda texnikaga qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilarni saralashga yordam beradi.
Har hafta maktabda adabiy tadbirlar, mushoira va badiiy kechalar tashkillashtiramiz. Ijodkor, zukko va ilmli yoshlar maktab mu’muriyati tomonidan taqdirlanadi. Ayni kunlarda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari fan olimpiadalariga tayyorlanmoqda.
Maftuna BARATOVA, Xatirchi tumanidagi 46-maktab psixologi