Navoiyda ta’lim sifati past bo‘lgan 26 ta maktab direktori ishdan olindi
Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashining navbatdagi XII sessiyasida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, tuman va shaharlarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda OTMga kirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 106 nafar maktab direktori 10 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan. Ta’lim sifati past bo‘lgan 26 nafar maktab direktori, 2 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri, 3 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Marat Shamuratovning ma’lum qilishicha, ayni kunda «Bitiruvchi–2021» ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan va bitiruvchi sinf o‘quvchilari qiziqishi, bilimi, salohiyatidan kelib chiqqan holda OTMlar hamda kasbiy kurslarga yo‘naltirilmoqda