Salomatlik mavzulari — e’tibor markazida
Umumiy o‘rta ta’lim
5 / 02 / 2021
Yunusobod tumanidagi 272-maktabda biologiya fani o‘qituvchisi Ziyoda Xasanovaning “Odamdagi irsiy kasalliklar” mavzusidagi ochiq darsi o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otdi. Mashg‘ulotda gen kasalliklari, irsiyatning buzilishi, sindaktiliya xastaliklari haqida ma’lumotlar berildi. Ushbu darsda mavzuni mustahkamlash uchun “Idrok xaritasi” metodidan foydalanildi.
Ochiq darsda Malika Maripova ham o‘quvchilar bilan ishlash hamda jadvallardan foydalanish metodikalarini ko‘rsatib berdi. Jumladan, “Rasm va matn” metodi dars kuzatuvchilarining e’tiboriga tushdi.