“PIRLS-2021” loyihasi davom etadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi umumta’lim muassasalarida “PIRLS-2021” loyihasini tatbiq etishmoqda. O‘zbekiston Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan PIRLS o‘qish savodxonligini baholash xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi 60 dan ortiq davlatlarda tahsil olayotgan 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligi bo‘yicha erishgan yutuqlari, mamlakatning milliy ta’lim tizimidagi farqlarni o‘rganishga qaratilgan.
Shayxontohur tumanidagi 20-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari mazkur jarayonga jalb etildi. Baholash materiallarida berilgan topshiriqlar matnlarga asoslangan holda javobi ochiq strukturali hamda tanlanadigan savollardan iborat. Shuningdek ushbu tadqiqot o‘quvchilar va ularning ota-onalari, maktab ma’muriyati uchun mo‘ljallangan so‘rovnomalarda o‘tkazildi. Bunda o‘quvchilarning bilimi sinovdan o‘tkazildi, javoblar esa yurtimizdagi ta’lim tizimini tasniflashda muhim ahamiyat kasb etadi.