Maktab va repetitor
Nima uchun aksariyat yoshlar boshlang‘ich ta’limni yaxshi olib, yuqori sinfga o‘tgach sustlashadi?
Sababini o‘qituvchilarimizdan so‘rasak, aybni o‘quvchilarga ag‘darishadi: “O‘quvchilar bilim olishga qiziqmaydi, bilimni bizdan talab ham qilmaydi”. To‘g‘ri, ayb o‘quvchilardadir, lekin o‘qituvchilarimiz shu savolni avval o‘zlariga berishi kerak: “Men qanday pedagogman, menga bola psixologiyasini o‘rganish, bolani o‘ziga jalb qilish yuklatilmaganmi?”. Hech narsaga qiziqmaydigan har qanday o‘quvchini ham dars jarayoniga qiziqtirish — o‘qituvchilarimizning bugungi kundagi eng dolzarb vazifalaridan biri.
Ko‘p yoshlarimiz bilimni maktabda emas, turli xil o‘quv markazlari, ya’ni repetitorda olishyapti. Repetitor — maktabda o‘tiladigan narsalarni maktab o‘qituvchilariga qaraganda yaxshiroq tushuntirib beruvchi yollanma o‘qituvchi. Maktab o‘qituvchilaridan farqi, repetitorda naqd pul evaziga o‘qiymiz, agar maktablarimizda ham pedagoglarimiz vijdonan dars o‘tishganida edi yoshlarimiz ortiqcha pul sarflab, repetitorga qatnab yurmagan bo‘larmidi?
Jasurbek TURSUNOV, O‘zDJTU talabasi