Texnologiya — hayot uchun zarur fan
Aprel — amaliy fanlar oyligi munosabati bilan Yashnobod tumanidagi 155-maktabda texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati kabi fanlardan ochiq darslar, turli ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovlar tashkil etilyapti.
Jumladan, texnalogiya fani o‘qtuvchisi Sayyora Xamidovaning 9-sinflar uchun “Devorga osiladigan shamchiroq yasash” mavzusidagi ochiq darsi juda mazmunli tashkil etildi. O‘qituvchi darsda “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “Muammo va yechim”, Blits savol va javob metodlaridan foydalandi.
— Texnologiya fani o‘z nomi bilan amaliy fan, — deydi Sayyora Xamidova. — Shu bois biz o‘qituvchilar o‘quvchilarga biror narsa yasash yoki tikish, pishirishni o‘rgatar ekanmiz, o‘z mahoratimizni ko‘p marta sinovdan o‘tkazamiz. Bunda o‘ziga bo‘lgan ishonch, fantaziya muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham o‘quvchilar har doim darsga qiziqib keladilar. Bugun nimanidir o‘rganishidan xursand bo‘ladilar. Bugungi darsimiz ham o‘quvchilar uchun juda qiziqarli kechdi. Shuni unutmasligimiz kerakki, texnologiya fani o‘quvchilarni hayotga tayyorlaydi, turmushda eng kerakli bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Demak, biz har bir mavzuni o‘rgatishga katta mas’uliyat bilan qaramog‘imiz zarur.