Matematika hayotning muvaffaqiyat formulasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 29-maydagi PQ-4708-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Uchquduq tumanida umumta’lim maktablarida matematika fani o‘qituvchilari “Matematika hayotning muvaffaqiyat formulasi” ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 20-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko‘rik-tanlovning ochilish marosimiga tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Xalilov Jamshid Abdumajidovich ishtirok etib, tumandagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan tajribali pedagoglarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda umumta’lim maktablarida matematikia fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Matematika hayotning muvaffaqiyat formulasi” ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi tashkil etilganligi xususida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu ko‘rik-tanlovda umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan matematika o‘qituvchilari tasdiqlangan Nizom asosida ishtirok etishdi. Tanlovda jami 10 nafar ishtirokchilari quyidagi 3 ta shart asosida o‘zaro bellashadilar.
1-shart. “Xatoni top” Ishtirokchilarga xatolari bor javobi bilan berildi. Shuningdek, ishtirokchilar 10 daqiqa vaqt davomida berilgan masalalardagi xatoni topishlari kerak. 3 dona misol yoki masala ishtirokchilarga berildi. Mazkur shartda maksimal 20 ball bilan baholanadi.
2-shart. “Intellekt” Ishtirokchilar matematika fanidan o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzu bo‘yicha o‘qivchilar uchun sinflar kesmida qiziqarli, hayotiy topshiriqlar tayyorladilar. Mavzular hakamlar hay’at tomonidan berildi hamda mazkur shartga 30 daqiqa vaqt berildi. 40 ball bilan baholandi.
3-shart. Savol–javob mantiqiy. Ushbu shartda ishtirokchilarga Hakamlar hay’ati tomonidan 2 ta savol berildi. 1 tasi mutaxassislik, 1 tasi mantiqiy. Ushbu shartda barcha savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar 5 minut vaqt bajaishdi hamda 40 ball bilan baholandi.
“Matematika hayotning muvaffaqiyat formulasi” ko‘rik-tanlovi yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin: 20-maktab matematika o‘qituvchisi – Gulhayo To‘rayeva
2-o‘rin: 7-IDUM matematika fani o‘qituvchisi – Muqaddas Ergashova
3-o‘rin: 10-maktab matematika fani o‘qituvchisi – Visola Sattorova g‘oliblikni qo’lga kiritdi.
Mazkur ko‘rik-tanlovda faxrli o‘rin olgan o‘qituvchilar tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Sharifjon XOLBUTAYEV,
Uchquduq tumani xalq ta’limi bo‘limi metodisti