Inson – aziz, xotira – muqaddas
Xiva shahridagi ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan 17-son davlat umumta’lim maktabida 9-may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
“Xotira muqaddas - xotira abad” deb nomlangan ushbu tadbirda o’qituvchi va o’quvchilar, afg’on urushi faxriylari, ota-onalar vakillari, Ichan Qal’a muzey qo’riqxonasi ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirni faxriy ustoz Qadamboy Atajonov tadbir so’zi bilan ochdi. Shundan so’ng shoir, jurnalist, maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchisi Otabek Ismoilov, baynalminalchi jangchi faxriylar Botir Vafoyev, Sanjarbek Devonov va boshqalar so’zga chiqib urushda ko’rganlari haqida front orti faxriylarini hurmat bilan yodga oldilar. Bugungi tinch va farovon hayot uchun shukronalar izhor etdilar.
Maktab o’quvchilari tomonidan Vatanni, yurt himoyachilarini, mehr-sadoqatni ulug’lovchi she’r va qo’shiqlar, raqslar ijro etildi.
Jangchi faxriylarga va tadbirda faol qatnashgan o`quvchilarga “Ichan Qal`a”davlat qo`riqxonasi jovaosi tomonidan sovg`alar topshirildi
Tadbir davomida bevaqt vafot etgan maktab direktori o’rinbosari, hurmatli ustoz Murodbek Jumaniyozov, 10-sinf o’quvchisi Mahliyo Abdrimovalar xotirasi ham hurmat bilan yodga olinib, ko’rgazma tashkil qilindi.
Barchada katta taassurot qoldirgan tadbir o’tganlar xotirasiga cheksiz ehtirom ifodasi bo’ldi.