Qizlar mustaqil hayotga tayyormi?
Yashnobod tumanidagi 230-maktabda “5 tashabbus kelajagimiz poydevori” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haftaligi tashkil etildi. Haftalik doirasida “San’atim — faxrim”, “Orasta qizlar”, “Raqslar jilosi” tanlovlari bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Orasta qizlar” tanlovida qizlarimiz milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizdan qanchalik xabardor ekanliklari, turmushga va mustaqil hayotga tayyorgarliklari qay darajada ekanliklarini namoyon qildilar. Tadbirda milliy an’analarimizni ifoda etuvchi saxna ko‘rinishlari, kuy va raqslar ijro etildi.
Shuningdek, qizlarning kasbiy tayyorgarliklari ham sinovdan o‘tkazildi. Ular chizgan suratlar, tikkan va to‘qigan liboslar, pishirgan taomlar ko‘rgazmada baholanib, ularning mahoratlari e’tirof etildi.
Hulosa o‘rnida aytish kerakki, 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va tadbirlar maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviyatini shakillantirish va rivojlantirish, aqlan va ruhan sog‘lom bo‘lib yetishishlarida katta ahamiyat kasb etadi.