Kasb-hunar kollejlarida oxirgi 3 yilda 102 ming shtat qisqargan
2016-2017-o‘quv yilida kasb-hunar kollejlarida faoliyat yuritayotgan 29 ming nafardan ortiq, 2017-2018-o‘quv yilida 34 ming, 2018-2019-o‘quv yili yakuniga ko‘ra esa, 36 ming(prognoz) nafardan ortiq pedagog va ishchi xodimlarning shtatlari qisqargan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, kasb-hunar tizimida faoliyat yuritgan pedagoglar soni 2016-yili 119 105 nafar bo‘lgan bo‘lsa, shundan 66 008 nafari umumta’lim fani, 36 629 nafari maxsus fan o‘qituvchisi, 16 468 nafari esa ishlab chiqarish ustasi bo‘lgan. 2018-yilga kelib bu ko‘rsatkich deyarli yarmiga kamaygan.
Ko‘rib turganingizdek, joriy o‘quv yilining birinchi oyi holatiga ko‘ra, uch yil oldin 36 629 nafar bo‘lgan maxsus fan o‘qituvchilarining prognoz ko‘rsatkichi atigi 14 000 nafarni ko‘rsatmoqda. Taxminan, yigirma mingdan ortiq pedagogning taqdiri qanday kechdi ekan?..