Shveysariya universiteti Prezident maktabi o‘quvchisiga 28 ming dollar grant taqdim etdi
Franklin Universiteti Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shahriyor Shernafasovga uni o‘qishga qabul qilgani va ta’lim sohasidagi yuqori natijalari uchun grant taqdim etgani haqida xabar berdi.
Oliy ta’lim muassasasi Shahriyor Shernafasov 25 ming Shveysariya franki (28,2 ming AQSH dollari) miqdorida grant ajratdi. Bu grant bir o‘quv yili uchun ajratilgan. Shu bilan birga, Shahriyor Shernafasov mazkur grantni kelasi o‘quv yillari uchun ham qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Franklin Universitetida Shahriyor Shernafasov xalqaro iqtisod, xalqaro menejment yoki xalqaro moliya yo‘nalishlaridan birida tahsil olishi mumkin.