Ozarbayjon va O‘zbekiston adabiy hamkorligi
Сиёсат, халқаро ҳаёт ва спорт янгиликлари бўлими
7 / 01 / 2023
Ozarbayjon va O‘zbekiston adabiy hamkorligi:
tarixiy ildizlari mustahkam yaproqlar
Tarixga nazar solganimizda Ozarbayjon va o‘zbek xalqlari adabiyoti va sanʼati sohasida tarixning eng og‘ir davrlarida ham uzilmagan aloqalar bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, urushdan keyingi yillarda jadal rivojlana boshladi, 1980-yillarda o‘zining yuksak cho‘qqisiga chiqdi.
1945-yilda Boku va Toshkentda shoirlar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning yubileylari bo‘lib o‘tdi. Nizomiy ijodi O‘zbekistonda juda mashhur bo‘lib, oddiy xalqning ham, filolog olimlarning ham eʼtiborini tortdi. Unda matbuotda Nizomiyga bag‘ishlangan turkum maqolalar chop etildi. Keyingi yil esa Toshkent ilmiy jamoatchiligi Nizomiy Ganjaviy xotirasini yana bir qator maʼruza va anjumanlar bilan ulug‘ladi.
Shuningdek, 1947-yil sentyabrda Toshkent teatrida Muqimiy Nizomiy Ganjaviy tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan tantanali kecha o‘tkazildi. 1953-yil 15-dekabrda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi klubida Nizomiy vafotining 750 yilligi nishonlandi.
Ozarbayjon va Ozbekiston ortasidagi adabiy aloqalarda XX asrning atoqli ozarbayjon shoiri, yangi poetik maktab asoschisi, jamoat arbobi Samad Vurgun (1906-1956) alohida orin tutadi. 30-40-yillarda u ijodiy xizmat safarlarida Ozbekistonga tez-tez kelib turdi, boisi shoir ozbek adabiyotining qator namoyandalari bilan dost edi.
1950-yil yanvarda SSSR Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining plenumida ozbek sovet adabiyotining ahvoli togrisidagi masala muhokama qilindi. Muhokamada S.Vurgun qatnashib, ozbek adabiyoti yutuqlarini qayd etdi. U nafaqat ozbek adabiyotini sevib kuzatib bordi, balki ozbek asarlarini ozarbayjon tiliga, ozar tilidagi asarlarini ozbek tiliga adabiy tarjima qilish tashkilotchisi sifatida ham adabiyotga yaxshi hissa qoshdi.
1953-yilda ozbek tilida Samad Vurgunning asarlari toplami nashr etildi. Ijodkorning vafotidan song Ozbekistonda uning ijodiy merosini tizimli organish boshlandi. Jumladan, 1968- va 1978-yillarda uning asarlari ozbek tilida nashr etildi. Matbuotda ozbek tadqiqotchilarining ozarbayjon shoiri ijodi tahliliga bagishlangan asarlari chop etildi.
1958-yilga kelib esa ozarbayjon tilida eng kozga koringan ozbek arboblarining asarlari kiritilgan Ozbek adabiyoti antologiyasi nashr etildi. Keyingi yili Ozarbayjon matbuotida ozbek adabiyoti taraqqiyotiga bagishlangan turkum maqolalar chop etildi. 1960-yilda Ozbekistonda Ozarbayjon adabiyoti kunlari, Ozarbayjonda ozbek adabiyoti kunlari bolib otdi. Xususan, 20-yanvar kuni Toshkentdagi A.Navoiy teatrida Ozarbayjon adabiyoti haftaligi ochildi. 5 may kuni esa Boku shahrida Ozarbayjonda ozbek adabiyoti haftaligi boshlandi. Ozbek va ozarbayjon kitobxonlarini qardosh respublika adabiyoti bilan tanishtirish xalq shoir va yozuvchilari asarlarini nashr etish, kitobxonlar bilan uchrashuvlar otkazish orqali amalga oshirildi.
1960-yilning ozida Toshkentda Nizomiy Ganjaviy, M.A.Sobir, M.F.Oxundovlarning yubiley kechalari bolib otdi. 1962-yil noyabr oyida Ozbekistonda Ozarbayjon kitobi haftaligi, 1964-yil iyul oyida Ozarbayjonda Ozbek kitobi haftaligi tashkil etildi.
1964-yil sentyabrda Ozarbayjon adiblari Qoraqalpogistonda bolib otgan qardosh adabiyotning dostlik kunlarida qatnashdilar.
60-yillarning oxiridan boshlab Ozarbayjon Ozbekiston munosabatlarini organish va rivojlantirish sohasida Xalil Rizo nomi mashhur bo‘ldi. U isteʼdodli shoir, o‘z yurtining ashaddiy vatanparvari M.Shayxzoda hayoti va ijodini chuqur o‘rganib, unga bir qator ilmiy asarlar bag‘ishladi. Shu bilan birga o‘zbek xalqining mashhur shoirlarining sheʼrlarini ozarbayjon tiliga tarjima qildi.
Bir soz bilan aytganda, ikki xalq ortasidagi madaniy va adabiy aloqalar urushdan keyin yana ozining yuksak darajasiga chiqa boshladi. Shu bilan birga hamkorlikning qirralari kengayib, bu munosabatlar siyosiy-ijtimioy jihatdan ham muhim oringa ega boldi. Natijada Ozarbayjon va Ozbekston xalqlari va ziyolilari ortasidagi dostlik yuksaldi.
M.ZEYNALOVA