Bosh o‘qituvchi malaka toifasiga ega kollej o‘qituvchisi maktabga ishga o‘tsa, toifasi saqlanadimi?
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom»ning 17-bandiga asosan Maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malaka toifalari yoki lavozimlari mazkur ta’lim muassasalarining bir turidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanadi.
Bunda maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi tizimlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining katta o‘qituvchi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchi lavozimiga tenglashtiriladi.