Attestatsiya jarayonida imtiyoz beriladimi?
Savol: Nafaqaga chiqishiga 6 oy yoki 1 yil qolgan pedagoglarga attestatsiya jarayonida imtiyoz beriladimi?
Karimjon MA’RUPOV, Chust tumanidagi 19-maktab o‘qituvchisi
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda nafaqaga chiqish muddati yaqinlashgan pedagog kadrlarga imtiyozlar belgilanmagan.
Savolga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutaxassisi O.USMONOV javob berdi.
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.