Termometr simobi odamga zarar yetkazadimi?
Savol bering, javob beramiz
6 / 05 / 2019
Yo‘q. Termometr ichidagi 2 gramm simob bir lahzada parlanib, 7 million kubometr havoni ifloslantirishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun havoni tez-tez shamollatib turish lozim. Agar singan sharcha sochmalari tezda supurib tashlansa, simob bir zumda bug‘lanib ketadi. Ammo uni changyutkichda tozalash tavsiya etilmaydi. Boisi, u simobni changga qo‘shib atrofga yoyib yuboradi. Yaxshisi, tezda xonani shamollatib, sharchaning katta bo‘laklarini qog‘ozda, mayda parchalarini esa skotchda olish va termometr singan joyni kimyoviy vositalar bilan artib yuborish kerak.