Sovuqdan ham energiya olish mumkinmi?
Savol bering, javob beramiz
11 / 06 / 2019
Issiqlikdan energiya olish mumkinligini bilamiz. Sovuqdan ham energiya olish mumkinmi?
— Mumkin. Sovuqda ham issiqlik energiyasi bor, faqat juda oz miqdorda. Aslida, issiqlik barcha joyga teng taqsimlanadi. Bunga faqat tashqi energiya xalal berishi mumkin. Masalan, sovitkich quyidagicha ishlaydi: elektrni qabul qiladi, mahsulotlardan issiqlik oladi va uni radiator orqali oshxonaga tarqatadi. Shimoliy mamlakatlarda uylarni issiqlik nasoslari yordamida isitish ommalashgan. Aholi elektrdan foydalangan holda atrofdagi sovuqlikdan energiya olish hisobiga binoni isitadi. Bunda bino ichi elektr energiyasi sarflanganga nisbatan bir necha barobar ko‘proq isiydi.