Bolalarning sun'iy intellekt bilan muloqotlari qanday xavflarni keltirib chiqaradi?

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Bolalarning sun'iy intellekt bilan muloqotlari qanday xavflarni keltirib chiqaradi?
102



So‘nggi yillarda odamlar sun'iy intellekt bilan muloqot qilishga o‘rganib qolishdi. Albatta, u hamma savolingizga javob beradi, istagan ma'lumotingizni topib beradi. Ammo olimlar, bolalarning uzoq vaqt davomida sun'iy intellekt botlari bilan muloqot qilishlari ularning ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, deya xavotirga tushishmoqda. Chunki odamlar bilan muloqot ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda asosiy rol o‘ynaydi. 


Sun'iy intellekt bilan muntazam muloqot qilishga odatlanib qolayotgan bolalar tashqi dunyodan ajralib qolishi va ijtimoiy izolyatsiya xavfiga duch kelishi mumkin. Turkiyalik psixiatr O‘nder Kichik, ota-onalarni bu masalada ehtiyotkorlikka chaqira boshladi:


"Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning eng muhim omili bu bolalarning tengdoshlari va oilalari bilan o‘zaro muloqotidir. Boshqacha aytganda, tashqi dunyo va odamlar bilan qanchalik ko‘p aloqa qilsa bolaning ijtimoiy ko‘nikmalar shunchalik yaxshi rivojlanadi. Shu sababli ularning sun’iy intellekt bilan muloqot vaqti doimiy nazoratda boʻlishi turli muammolarning oldini oladi”.


Sun’iy intellekt bolalarning shaxsiy hayotiga tahdid solishi mumkinmi?

Sun'iy intellektga haddan tashqari ishonch bolalarning shaxsiy hayotiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Bolalar sun'iy intellekt botini inson sifatida qabul qilganda, ular shaxsiy ma'lumotlarini ham ular bilan baham ko‘rishni boshlaydi. Bu holat bolalarning xavfsizligi va shaxsiy daxlsizligini shubha ostida qoldirishi turgan gap. 


O‘nder Kichikning aytishicha, bolaning sun'iy intellektga haddan tashqari ishonishi odatda ota-onaning e'tibori yetarli bo‘lmayotgani natijasidir. Texnologiya bola uchun jonli odamlar va muloqotlardan  qochish nuqtasiga aylanganda, u xavf-xatarlarga to‘la dunyoga eshikni ochishi mumkin.



"Bolada uning yoshiga mos ravishda shaxsiy daxlsizlik ko‘nikmalari shakllantirib borilishi kerak. Ular ota-onasi har qanday vaziyatda, nafaqat virtual makonda, balki tashqi dunyoda ham yonida bo‘lishini his qilishlari, ishonishlari kerak. Bundan tashqari, oilada muloqot va ishonch muhitini yaratish, bolalar o‘z muammolarini ota-ona va boshqa yaqinlariga bildira olishlari uchun zarurdir".


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #AT

Ulashish