Kim eng baland oylikka munosib deyishsa – o‘qituvchi deb ayting!
12 yildan beri turli sohalarda ishlab ko‘rdim, asosan, jurnalistika, ammo ichida boshqa har turli “qora” va oq ishlar bor. Jismonan charchagan yoki ruhan ezgan ishlar bo‘lgan, lekin ikkisi birda bo‘lmagan hech. Ularning orasida eng qiyini – o‘qituvchilik bo‘ldi! Ha, “Pedagogik mahoratga ega, tug‘ma pedagog bo‘lib tug‘ilish, zamonga moslashish kerak”, kabi gaplarni aytishingiz mumkin. Lekin hamma gap bundamas. Birgina o‘qituvchi o‘z ustida ishlagani bilan muammo hal bo‘lib qolsa qaniydi?!
Bu tizimga qaytish niyatim yo‘q, ammo o‘zimgayam, sizgayam gapim shuki, nima uchundir kurashmoqchi bo‘lsangiz, o‘qituvchi uchun kurashing! Kim eng baland oylikka munosib deyishsa – o‘qituvchi deb ayting! Mamlakat, jamiyat kimni ko‘p qadrlashi kerak, deyishsa, o‘qituvchini deb ayting!
Bir yillik tajribamdan shu xulosani oldim! Va nihoyat tushundimki, o‘qituvchi va shifokor mamlakat va jamiyatning eng qadrli odami bo‘lishi kerak, deb bejiz aytilmas ekan! Mehnati o‘ta kichik ko‘rinadigan, kam qadrlanadigan, davralarda dovruq solmaydigan bu odamlar eng og‘ir, eng muhim ishni qilayotganini, qolganlarimizda ko‘proq shaxsiy manfaat ustunligini tan olaylik! O‘qituvchi sarflaydigan energiya esa o‘sha shaxsiy manfaat – puldan ming karra ustun. Biz o‘qituvchilar masalasida nimanidir noto‘g‘ri qilyapmiz. Na podkast, na ko‘rsatuv, na tarmoqlarda ular haqida gapiramiz! Biz eng kerakli odamlarni ko‘zdan pana qilganmiz – asosan tanqid yog‘diramiz! Shu tanqidchilarimiz ham o‘qituvchining bir kunlik ishiga dosh bermay “dod” deb ketishini tushundim! Bilmadim, hozir ichimda eng ko‘p shu soha xodimlariga hurmat va hamdardlik bor!
Jamiyat va davlat o‘qituvchi bilan muloqotga ochilishi kerak, bo‘lmasa o‘zimizni o‘zimiz aldaymiz.
Tillaniso NURYOG‘DI
Shu kecha va kunduzda
Los-Anjelesdagi yongʻinlar xarita va diagrammalari
XAVFSIZLIK – SAMARALI TA’LIMNING ASOSI
Maktab yoshidagi bolalar gadjetlardan qancha va qanday foydalanishi kerak?
VAZIRLIK DELEGATSIYASI KEMBRIJDA
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank