Maktab yoshidagi bolalar gadjetlardan qancha va qanday foydalanishi kerak?
Biz uchun sevimli bo‘lgan ko‘rsatuvlar, musiqalar, ijtimoiy tarmoqlar va eng so‘nggi yangiliklar 24/7 biz bilan, bolalar ham undan birdek foydalanmoqda. Bolalar smartfonlardan juda erta foydalanishmoqda, uyda televizor, planshetlar, video o‘yinlar va boshqalar.
Bu qancha vaqtni tashkil etadi?
Raqamlar sizni hayron qoldirishi mumkin. Kasalliklarni Nazorat qilish va Profilaktika Markazi (CDC) yosh guruhlari bo‘yicha o‘rtacha kunlik gadjetlardan foydalanish vaqtini quyidagicha keltiradi:
• 8–10 yosh: olti soat
• 11–14 yosh: to‘qqiz soat
• 15–18 yosh: yetti yarim soat
Ushbu raqamlar bolalarning maktabda texnikalarga sarflaydigan vaqtni o‘z ichiga olmaydi.
Gadjetlarning bolalar salomatligiga ta’siri
Vaqtni to‘g‘ri sarflash bolalarning salomatligi, do‘stlar va oila bilan sog‘lom munosabatda bo‘lishi uchun muhim.
Pediatr(OSF HealthCare pediatri) Samina Yusuf: “Televizorlar Amerika xonadonlarida uzoq yillardan buyon mavjud bo‘lsa-da, smartfonlar televizorlarga qaraganda keyinroq ishlab chiqarilganli bois yangi tashvish manbayi”, deydi.
“O‘rganishlar ko‘rsatmoqdaki, gadjet va telefonlardan ortiqcha foydalanish bolalarda turli jismoniy va ruhiy salomatlik muammolari, masalan, ortiqcha vazn, depressiya, xulq-atvordagi buzilishlar bilan bog‘liq”, deydi doktor. “Bu shuningdek, ularga har kecha tavsiya etilgan uyqu miqdorini olishlariga to‘sqinlik qiladi, bu esa ularning jismoniy holatiga zarar yetkazadi va maktab hayotiga ham ta’sir qilib, bu ularning uy vazifalariga ajratishi kerak bo‘lgan vaqtni qisqartiradi. Real hayotdagi muloqotda sabrsizlikni ham keltirib chiqaradi. Insonlar bilan muloqot qilish jarayonini ham qiyinlashtiradi”.
Tavsiya etilgan vaqt chegarasi
Ushbu elektron qurilmalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qolgan, ota-onalar bolalar uchun gadjetlardan foydalanishda qanday chegaralar belgilashi kerak?
• 2 yoshgacha: Oila yoki do‘stlar bilan video qo‘ng‘iroqdan tashqari nol ekran vaqti;
• 2–5 yoshgacha: Ota-onasi yoki aka-ukasi bilan birga tomosha qilganda, kuniga bir soatdan oshmasligi kerak;
• 5–17 yoshgacha: Uy vazifalari tayyorlashda foydalanishdan tashqari kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak.
Qurilmalarsiz yotoqxona
Yotoqxona ichida televizor, kompyuter, planshet, smartfon kabi qurilmalar bo‘lmasligi kerak, uyqudan ikki soat oldin umuman gadjetlardan foydalanmaslik shart. Sababi, ulardan tushadigan nurlar miyaga uxlashga tayyorlanish signalini uzatishga to‘sqinlik qiladi. Bolalar yotishdan oldin televizor tomosha qilish o‘rniga, kitob o‘qish kabi boshqa ishlar bilan shug‘ullanishlari kerak.
Bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash
Agar siz farzandingiz gadjetlardan kamroq foydalanishini xohlasangiz, ulardan foydalanayotgan vaqtini to‘g‘ri ishlarga sarflashingiz lozim. Bu vaqtni ijobiy narsalar bilan almashtiring, masalan, ochiq havoda sport yoki ularni qiziqtiruvchi hobbylari bo‘lishi mumkin. Yuzma-yuz muloqotga e’tibor bering, ular bilan ko‘proq suhbatlashing.
1. Gadjetlardan foydalanish uchun aniq vaqtlarni belgilab qo‘ying: masalan, kunning ma’lum qismida yoki uy vazifasi tugagandan keyin. Doimiy vaqtning to‘g‘ri taqsimlanishi bolalarga sabrli bo‘lib, kutishga yordam beradi.
2. Alternativ faoliyatlarni rag‘batlantiring: Jismoniy mashqlar, mutolaa va ijodiy o‘yinlarni gadjetlardan foydalanish vaqti alternativalari sifatida targ‘ib qiling. Bolangizni sport, san'at va hunar yoki ochiq havoda o‘yinlar bilan shug‘ullanishga jalb qiling.
3. Bolalar ko‘pincha ota-onalarining harakatlarini takrorlaydilar. Siz qanchalik sog‘lom hayot tarziga e’tibor bersangiz, ular ham mana shu odatlarga o‘rganishadi.
4. Gadjetsiz hudud yarating: Uyning ma’lum bir qismida gadjetlardan umuman foydalanishni ta’qiqlang: masalan, yotoqxona yoki ovqatlanish joylari. Bu oilaviy muloqotni yaxshilab, farzand va ota-ona munosabatlarini yanada mustahkamlaydi.
5. Bolangizning nima tomosha qilayotganini yoki o‘ynayotganini nazorat qiling. Yoshga mos kontentni tanlang va ular iste'mol qilayotgan narsalarni tushunishlari uchun ular bilan o‘sha mavzuni muhokama qiling.
6. Farzandingizga do‘stlari bilan muloqot qilish imkoniyatlarini yarating. O‘yinlar, oilaviy yig‘ilishlar ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
7. Internet xavfsizligi haqida ma’lumot bering, shu jumladan shaxsiy hayot, kiberbullying va nojo‘ya kontentlar haqida xabar berish muhimligini tushuntiring.
10. Ular foydalanayotgan media haqida tanqidiy fikrlashni o‘rgating. Bu ularning dunyoqarashi o‘sishi va voqeaga to‘g‘ri baho berishiga yordam beradi.
Ushbu faol qadamlarni amalga oshirish orqali ota-onalar bolalariga texnologiyaning foydalaridan bahramand bo‘lishlariga yordam berishi mumkin, shu bilan birga gadjetlardan ortiqcha foydalanishning salbiy ta'sirlarini minimallashtiradi.
Shu kecha va kunduzda
Los-Anjelesdagi yongʻinlar xarita va diagrammalari
XAVFSIZLIK – SAMARALI TA’LIMNING ASOSI
Maktab yoshidagi bolalar gadjetlardan qancha va qanday foydalanishi kerak?
VAZIRLIK DELEGATSIYASI KEMBRIJDA
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank