Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha Metapnevmovirus yangi kasallik emas
So‘nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator mamlakatlari bo‘ylab metapnevmovirus infeksiyasi avj olayotgani hamda ushbu xastalik COVID-19dan ham xavfliroq ekanligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
❓ Xo‘sh, bu axborotlar qanchalik asosli? Umuman, metapnevmovirus o‘zi qanday infeksiya? U qaysi belgilar bilan namoyon bo‘ladi? Muolaja jarayoni qanday kechadi?
➡️ SSV Matbuot xizmatining ushbu savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Rustam Ikramov javob berdi:
💬 — Metapnevmovirus avvaldan ma’lum infeksiya bo‘lib, birinchi marta 2001-yili aniqlangan, — deydi mutaxassis. — Kasallik asosan havo-tomchi yo‘li orqali yoki ba’zi holatlarda ifloslangan yuzalar bilan aloqa natijasida yuqadi va tarqaladi.
📍 Mazkur virus bilan xastalanish holatlari dunyoning barcha mintaqalarida har yili qayd etiladi. Xususan, qo‘shni Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati tarqatgan xabarlarda ham ayni paytda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va gripp bilan kasallanishning mavsumiy o‘sishi kuzatilayotgani, shu jumladan 10 yillardan buyon mamlakatda metapnevmovirus ham qayd etilayotgani ta’kidlangan. Metapnevmovirusning kuz-qish davrida yanada faollashuvi kuzatiladi. Bu infeksiya odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma belgilari bilan, xuddi o‘tkir respirator virusli infeksiyalar shaklida paydo bo‘ladi, ba’zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi.
Kasallikni davolash odatda simptomatik bo‘lib, asosan, uy sharoitida bemorning ahvolini yengillashtirishga qaratilgan muolajalar qo‘llaniladi. Og‘ir holatlarda kislorodli terapiya yoki kasalxonaga yotqizish talab qilinishi mumkin.
Metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratsiz tuzalib ketadi.
📊 O‘zbekistonda ham ayni vaqtda o‘tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Yurtimizda ularning laboratoriya tekshiruvlari muntazam amalga oshirib kelinyapti va ana shunday tekshiruvlarning 39,9 foizida gripp virusi, 32,2 foizida rinovirus, 30,6 foizida respirator-sinsitial virus va 1,2 foizida metapnevmovirus aniqlangan.
📌 Sog‘liqni Saqlash vazirligi o‘tkir respirator kasalliklarning bunday ko‘tarilishi davrida aholini profilaktika choralariga rioya qilishga va odamlar gavjum joylarda, ayniqsa, kasallik belgilari yaqqol namoyon bo‘lib turgan fuqarolar bilan muloqotni cheklashga chaqiradi.
Shu kecha va kunduzda
Los-Anjelesdagi yongʻinlar xarita va diagrammalari
XAVFSIZLIK – SAMARALI TA’LIMNING ASOSI
Maktab yoshidagi bolalar gadjetlardan qancha va qanday foydalanishi kerak?
VAZIRLIK DELEGATSIYASI KEMBRIJDA
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank