O‘QITUVCHILAR MALAKASI ENG ZAMONAVIY SHAROITLARDA OSHIRILADI
O‘QITUVCHILAR MALAKASI ENG ZAMONAVIY SHAROITLARDA OSHIRILADI
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jurnalistlar uchun Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosiga press-tur tashkil qildi.
Xabaringiz bor, Prezidentning 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra qayta tashkil etilgan institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ish boshlagan edi. Ushbu markaz mamlakatimizning xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rish, unda O‘zbekiston ishtirokini ta’minlash vazifasini amalga oshiradi.
Bugun press-turda 1934-yilda tashkil topib, qariyb bir asr bilan yuzlashgan malaka oshirish institute binosining tubdan takomillashib, eng zamonaviy sharoitlarda qayta jihozlangani, pedagoglarning malakasini oshirishda zarur bo‘lgan eng so‘nggi texnologiyalar bilan ta’minlanganining guvohi bo‘ldik.
Yangi bino tarkibidan menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarning malakasini oshirish uchun 850 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari, 87 750 ta aondga ega Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik muzeyi hamda malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar uchun 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona tipidagi yotoqxona o‘rin olgan.
Shu kecha va kunduzda
SUN’IY INTELLEKT: TILSHUNOSLAR ENDI NIMA QILADI?
GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Robot fikrlay oladimi? Yoxud fizikadan 2024-yilgi Nobel mukofoti neyroto‘r kashfiyotchilariga berilgani haqida
XO‘JALIK MUDIRI EKANIMDAN FAXRLANAMAN! yoxud shu maoshga roziman!
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank