Savol bering javob beramiz
Gulnigor QURBONOVA, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi: − Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘limi 5-kurs talabasiman. 1 yosh-u 9 oylik farzandim bor. O‘tgan o‘quv yilida yosh farzandim bilan oflayn ta’lim olishda judayam qiynaldim. Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident qarori bilan 3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar onlayn tarzda masofaviy ta’lim olishlari mumkin bo‘ladi” degan xabar tarqalgan edi. Bu xabar qanchalik asosli, shunday yo‘l tutish imkoniyatim bormi?
Murojaat qilgan talabaga bunday vaziyatda akadеmik ta’til olishini tavsiya qilamiz.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi javobi
2014-yil fevral oyida tug‘ilgan farzandimni hududimizdagi maktabga qabul qilishmayapti?
Albatta saqlanib qoladi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qaror bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ning 18-bandida: Ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malaka toifalari yoki lavozimlari ushbu ta’lim muassasalarining bir turidan boshqasiga ishga o‘tganda saqlanishi, bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimlarining katta o‘qituvchi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchi lavozimiga tenglashtirilishi belgilab qo‘yilgan.
Mutaxassis
Oliy toifaga ega, lekin milliy sertifikati boʻlmagan oʻqituvchi; birinchi toifali, milliy sertifikatga ega oʻqituvchi va talaba oʻrtasida dars qanday taqsimlanadi?
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandida belgilangan koʻrsatkichlar ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
Savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi
TerDU Amaliy psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasiman. Maktabda ishlamoqchiman. Menga (minimal va maksimal) qancha ish stavkasi ajratilishi mumkin?
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra oliygohlarning pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarga asosiy ishchi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin. Ammo talabalarning psixolog lavozimida ishlashiga ruxsat etilmaydi.
Mutaxassis
Alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab pedagoglariga dars qaysi mezon asosida taqsimlanadi? Ular uchun minimum va maksimum dars soatlari qancha?
Alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-intеrnatlarda dars taqsimoti qisman “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3271) talablariga tayanadi.
Savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi
Ish stajim – 17 yil. 2-toifaliman. Oʻquvchim “Al-Xorazmiy” olimpiadasida tumanda 5-oʻrinni oldi. Sheriklarimdan biri oliy toifali. Yana biri 2-toifali. GRI xalqaro sertifikatiga ega. Ish staji 2 yil. Bizga darslar qanday taqsimlanishi kerak?
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi(oldingi Xalq taʼlimi vazirligi), Iqtisodiyot va moliya vazirligi(oldingi Moliya vazirligi), Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda barcha me’yorlar keltirib o‘tilgan. Xususan, Nizomning 15-bandiga muvofiq har yili 15-sentabrga qadar oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi:
Savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi
Dars soatining maksimal va minimal miqdori bormi? Ya’ni maktab rahbari qay hollarda mazkur fandan yana oʻqituvchi olishi mumkin?
Minimal bir haftada 10 soatgacha hajmda dars soati taqsimlanishi tavsiya etiladi.
Savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi
O‘rindoshlik bo‘yicha ishlaydigan ayol xodimlar homiladorlik va tug‘ish nafaqasini oladimi?
2023-yil 30-aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 440-moddasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan o‘zga kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari to‘liq hajmda beriladi.
Dilafro‘z TURSUNOVA, Sabohat QODIROVA, Yunusobod tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsultlari
“Xalqaro kitob” kunini qanday nishonlaymiz?
23-aprel – Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kunini qanday nishonlash kerakligi haqida bilasizmi? Menimcha, ko‘pchiligingiz bu tadbirlardan boxabar emassiz.
Azim AXTAMOV
Soʻnggi vaqtlarda ommalashtirish platformasi turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. 2024-yil 7-fevraldagi ommalashtirish nizomida metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya topshirilishi taʻkidlangan. Shu vaqtgacha 3 marta pedagogik kengashda ishlar koʻrib chiqilgan, shuningdek, pedagogik kengash bayonnomasi, dars ishlanma, videodars tayyorlangan. 4-pedagogik kengash mart oyining oxirida boʻlishi jejalashtirilgan. Shunda 1-martda platformaga qanday ish joylanadi. Shu haqida batafsil maʻlumot bersangiz.
Vazirlikning 2016-yil 30-maydagi tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining pedagogik kengashi toʻgʻrisida”gi namunaviy Nizomga muvofiq, Pedagogik kengash umumtaʼlim muassasasi faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, taʼlim muassasasida oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish boʻyicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi.
Savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi
XO‘JALIK MUDIRI QO‘SHIMCHA TEKIN ISHLASHI MEHNAT QONUNCHILIGIGA MUVOFIQMI?
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 9-dekabrda 1288-son bilan ro‘yxatga olingan “Xodimlar sonini tartibga solish va boshqaruv tarkibini ta’minlash uchun xarajatlarni maqbullash bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining xizmat ko‘rsatish va texnik xodimlarini kiritish me’yorlari belgilangan.
Savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi.
Shu kecha va kunduzda
SUN’IY INTELLEKT: TILSHUNOSLAR ENDI NIMA QILADI?
GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Robot fikrlay oladimi? Yoxud fizikadan 2024-yilgi Nobel mukofoti neyroto‘r kashfiyotchilariga berilgani haqida
XO‘JALIK MUDIRI EKANIMDAN FAXRLANAMAN! yoxud shu maoshga roziman!
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank