Savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmati javob berdi
Ish stajim – 17 yil. 2-toifaliman. Oʻquvchim “Al-Xorazmiy” olimpiadasida tumanda 5-oʻrinni oldi. Sheriklarimdan biri oliy toifali. Yana biri 2-toifali. GRI xalqaro sertifikatiga ega. Ish staji 2 yil. Bizga darslar qanday taqsimlanishi kerak?
• xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
• oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
• chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar(TESOL
Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;
• asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
• oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;
• respublika bosqichidagi koʻrik-tanlovlarda (Yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;
• oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
• birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
• asosiy olimpiadalar viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;
• ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;
• pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;
• belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;
• oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
• qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;
• oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;
• pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;
• oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;
• oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari. Ya’ni birinchi navbatda tegishli toifaga ega boʻlgan oʻqituvchilarga taqsimlanadi.
Shu kecha va kunduzda
#DIQQAT_MUHIM
O‘ZBEK DETEKTIVI DUNYO KEZMOQDA!
FAVQULODDA VAZIYATLARDA BALAND QAVATLI BINOLARDAN INSONLARNI QUTQARISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI
O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank