“Gimnastikaga ilk qadam” Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Sport “Gimnastikaga ilk qadam” Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
28



Bugun Toshkent shahridagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqa Prezidentimizning tegishli qaror va farmonlari ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida gimnastika sport turini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Respublika bosqichida hududiy saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 28 nafar (14 nafar o‘g‘il va 14 nafar qiz) ishtirokchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda. Ularning chiqishlari milliy va xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan 20 ballik baholash mezoni asosida baholanmoqda.

Musobaqa g‘oliblari Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 1-sinfiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinish huquqini beruvchi yo‘llanmaga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Sport
  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish