Mutaxassis

84
TerDU Amaliy psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasiman. Maktabda ishlamoqchiman. Menga (minimal va maksimal) qancha ish stavkasi ajratilishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr­dagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra oliy­gohlarning pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda peda­goglik ishini amalga oshirish uchun maktablarga asosiy ishchi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin. Ammo talabalarning psixolog lavozimida ishlashiga ruxsat etilmaydi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 1-apreldagi 105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi(maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlari­ning malaka tavsiflari”da psixologlarning malaka talablari belgilab berilgan. Unga koʻra psixolog lavozimida ishlash istagi­ni bildirgan fuqaro kamida bakalavr darajasidagi psixolog yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixo­logiya yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlov kursini tugatgan boʻlishi lozim. Talabalar esa ushbu talablarga mos tushmaydi. Chunki ular tugallanmagan toʻliqsiz oliy ma’lumotli shaxslar hisoblanadi. Shu sababli psixolog lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish mumkin emas.